General-mayor Azizbek Ikromov yangi tashkil etilgan departamentga rahbar bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

General-mayor Azizbek Ikromov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Azizbek Ikromov Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Azizbek Ikromov 2017 yildan mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil noyabrida esa ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga aylangan. Shundan so‘ng, u bir muddat Ichki ishlar vazirligida o‘z lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifasini ham bajardi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Kadrlar bosh boshqarmasi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Azizbek Ikromov

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing