IIV o‘rinbosari vaqtinchalik nazorat postlari qachon olib tashlanishini aytdi

Jamiyat

Joriy oy boshida 2017 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga bino olib tashlangan ayrim nazorat postlar yana qaytarilayotgani haqida xabar bergan edik. Jamoatchilik orasida bir necha kundirki ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan nazorat postlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi. Uning qayd etishicha, ba’zi nazorat postlari vaqtincha o‘rnatilgan. 

 “Jamoat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori sifatda tashkil qilishimiz kerak. 22 dekabrda ko‘p odamlar saylovchilar kelib saylov uchastkasiga murojaat qilib, o‘zining ovozini beradi. Lekin buni shunday tashkil qilganmizki, xalqqa ziyon qilmaydi”, deydi Ikromov.

Shuningdek, Azizbek Ikromov ushbu postlar vaqtincha ekanligiga ham urg‘u berdi. Vazirlik rasmiysi bunday postlar qachon olib tashlanishini ma’lum qildi. 

“Bu vaqtinchalik holat. Bundan keyin voz kechiladi, ayni vaqtda fuqarolar va haydovchilarga muammo tug‘dirmaymiz. Lekin saylovdan so‘ng, vaqtincha postlarning hammasi olib tashlanadi”, deya qat’iy ta’kidladi vazir o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

Azizbek Ikromov nazorat postlari IIV o'rinbosari

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing