Postlarning qaytishi — eski hammom, eski tos deganimi?

Jamiyat

image

Vaqtincha nazorat postlari qo‘yilishi xalqaro tajribada ham bor va davlatdagi cheklovlarni anglatmaydi. IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Alisherov ushbu masalaga oid fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.  

“To‘g‘ri, fikr bildirish hammaning huquqi. Ichki ishlar organlari doimo birinchi o‘ringa xalq manfaatlarini qo‘yadi. Hamma o‘zicha gapirib fikrlarini bildiradi. Bunga haqqi bor, lekin sizlarning xavfsizligingizni shu vositalar orqali ta’minlamasak, kim ta’minlaydi? Hamma narsaning tagida bir sabab bo‘ladi. O‘zbilarchilik bilan qandaydir yangilikka intilib bo‘lmaydi. Hamma narsa xavfsizlik, aholimizni tinch-totuv va farovon hayotini ta’minlash maqsadida qilinadi”, – deydi idora vakili.  

Jurnalistlar tomonidan bu masalani prezident tanqid qilganligi haqida aytildi. Holatga mas’ul shaxs o‘z javobini berdi.  

“Fikringiz to‘g‘ri. Boshida postlarning bartaraf qilinishi, kamaytirilishi to‘g‘ri qilindi. Lekin vaqtincha postlar aynan biror tadbirlar, xavfsizlik masalalari uchun ko‘zda tutilgan. Bu xuddiki qaror bekor bo‘lib ketdi, degandek tuyulmoqda. Qaror o‘z kuchida turibdi, postlar yo‘q”, – deydi Abdurashid Alisherov.  

IIV ma’lumotiga ko‘ra, profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilda transport ob’ektlaridagi umumiy jinoyatlar soni o‘tgan yilga qaraganda 46,5 foiz (2018 yilda 1253 tadan, 2019 yilda 670 tagacha) kamaygan. Shunda ham og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

nazorat postlari IIV vakili

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing