MDH mamlakatlari tarbiyaviy ishlar organlarining yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Olam
−
20 aprel 2019
5005Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa idoralarining shaxsiy tarkib bilan ishlash (tarbiyaviy ishlar) boshqaruv organlari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mitaning joriy yil 18 aprel kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilingan. Unda O‘zbekiston nomidan Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov qatnashgan.
Qo‘mita yig‘ilishida Ozarbayjon, Armanison, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda Turkmaniston respublikalaridan kelgan harbiy delegatsiyalar, shuningdek, MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari Kengashi kotibiyatining rahbariyati ishtirok etdi.
Qo‘mita yig‘ilishida MDH mamlakatlari vakillari 1941—1945 yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligini kelasi yilda nishonlash, xususan, MDH mamlakatlarida harbiy muzeylarda ko‘rgazmalarni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdilar. O‘zbekiston bu takliflarni ma’qulladi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari Hamdo‘stlik mamlakatlari doirasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkillashtirishni ham muhokama qildi.
Bundan tashqari, mehmon harbiy delegatsiyalarning Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Harbiy universitetiga tashrifi tashkillashtirilib, tarbiyaviy va o‘quv jarayonlari bilan tanishishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.