Qozog‘istonda harbiylar dengizga oqib ketdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
16:25 2768 1 daqiqa
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida harbiy-dengiz kuchlari mashg‘uloti vaqtida 19 nafar harbiy dengizga oqib ketib, oqibatda ulardan 9 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 24 sentyabr kuni Kaspiy dengizi sohilida o‘quv-jangovar vazifani bajarish vaqtida yuz bergan. Ob-havoning keskin yomonlashishi va shamol kuchayishi oqibatida to‘lqin harbiy xizmatchilarni dengizga olib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dengizga 19 nafar harbiy tushib ketgan. Hozirga qadar 9 nafar harbiyning halok bo‘lgani tasdiqlangan. Yana 3 nafari, jumladan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Qolgan harbiylarni qidirish ishlari davom etmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlariga Harbiy-dengiz kuchlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari, aviatsiya va boshqa tegishli xizmatlar jalb qilingan.
Hodisa tafsilotlarini aniqlash va qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish uchun Mudofaa vaziri Davron Kosanov boshchiligidagi komissiya voqea joyiga yuborilgan. Qozog‘iston Mudofaa vazirligi halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Vazirlik ularning oilalariga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston harbiy kemasi Pokiston harbiy kemasi bilan xalqaro suvlarda to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi