“Muammolarni WhatsApp’dan yuboradi”. Mulozim Japarovning ish uslubi haqida gapirdi
Olam
−
04 avgust 4562 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va fuqarolarning murojaatlarini muntazam ravishda kuzatib boradi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev “Kabar” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari sutkaning qaysi vaqti bo‘lishidan qat’i nazar muammolar haqidagi xabarlarni mas’ul vazirlarga, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga va o‘z ma’muriyati xodimlariga yuboradi.
“Agar kimdir noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lsa, Prezident darhol ma’lumotni WhatsApp orqali yuboradi. Bundan so‘ng biz vaziyatni tezkorlik bilan o‘rganib chiqishimiz va chora ko‘rishimiz kerak”, deydi Adilbek Qosimaliyev.
U murojaatlar amaldorlarning ishi, ijtimoiy muammolar, fuqarolarning shikoyatlari va odamlarga yordam kerak bo‘lgan holatlarga tegishli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Vazirlar mahkamasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunday signallarning barchasi nazoratga olinadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston rahbari intizomga rioya qilinishini qat’iy talab qiladi va ayniqsa korrupsiya haqidagi ma’lumotlarga juda qattiq munosabat bildiradi. Bu kabi faktlar tasdiqlangan taqdirda amaldor o‘z lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Odilbek Qosimaliyev, shuningdek, o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishini va muammolar haqidagi xabarlarni tekshirish va hal qilish uchun vazirlarga yoki ma’muriyat xodimlariga yuborishini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi