MSK: Saylovda Lukashenko katta farq bilan g‘alaba qozondi
Olam
−
10 avgust 2020
9396Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘pladi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Saylovda 5 mln 790 ming odam ishtirok etgan va yavka 84,23 foizni tashkil qilgan.
Prezidentlikka nomzod bo‘lgan muxolif Svetlana Tixanovskayaga 9.9 foiz saylovchi ovoz bergan. U 574 ming ovoz to‘plagan. 6,02 foiz saylovchi barchasiga qarshi bo‘lgan.
MSK rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu natijalar katta ehtimol bilan o‘zgarmaydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, saylovlar tugab, Lukashenko taxminan 80 foiz ovoz yig‘gani aytilgach, Minskda norozilik namoyishlari boshlandi. Poytaxt ko‘chalarida OMON va aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Hukumat idoralari o‘rab olindi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Lukashenko Belarusni 1994 yildan beri uzluksiz boshqarib kelyapti. Agar u qayta saylansa, bu uning oltinchi prezidentlik muddati bo‘ladi.
LiveBarchasi