Chegaradagi mojaro oqibatida 187 nafar odam yaralangan, 15 nafar bemor viloyat markaziga yuborilgan

Jamiyat

image
O‘zbekiston Qirg‘izistonga yangi elchi yubordi north_east

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yangi elchi yubordi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yuzaga kelgan janjal natijasida tuman markaziy shifoxonasida 187 nafar yaralangan bemor davolanmoqda. Bugun sanaviatsiya xizmati orqali bemorlarning 15 nafari viloyat markaziga yuborildi. Bu haqda So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq, "Chechme-Avtodorojniy" nazorat-o‘tkazish punktida ikki davlat fuqarolarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Uchrashuvga Abdulla Aripov va Kubatbek Boronovlar boshchilik qilishdi. Uchrashuvda ikki xalq va millatning do‘stligi, o‘zaro hamjihatlik rishtalari asrlarga tatigulik ekanligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov qo‘shni Respublika vakillari bilan o‘zaro muzokaralardan keyin mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda So‘x tumani aholisi A. Aripovga ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar haqida gapirib, ularning yechilishida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rashdi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Aripov tashabbusi bilan yaqin kunlarda tumanda obodonchilik ishlari boshlanishi ma’lum bo‘ldi. Obodonchilik ishlariga 1 000 nafar yoshlar jalb etilishi ta’kidlandi.

Qo‘shni respublika bilan kelishilgan holda yaylovlardan foydalanish, suv muammosini hal etish, tumanda joylashgan Qayroq, Javpaya, Toyon massivlarini o‘zlashtirish va shu yo‘l bilan aholi o‘rtasida ishsizlik muammosini hal etilishiga erishish ham qayd etildi.

So‘x tumaniga koridor ochib berish masalasi ham uchrashuv davomida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hal etilmagan hududlar bo‘yicha ham delimitatsiya va demarkatsiya ishlari bir vaqtda amalga oshirilishi alohida aytib ӯtildi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Farg‘onada qolgan 300 nafardan So‘xlik fuqarolarning So‘x tumaniga olib kelinishi ham uchrashuv davomida A. Aripov tomonidan ta’kidlandi. Ma’lumot o‘rnida, So‘x tumaniga turli yumushlar bilan viloyatimizning boshqa shahar va tumanlardan kelgan 110 nafar fuqarolar qolib ketishgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbek-qirg'iz mojarosi

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing