So‘x-Rishton yo‘li ochilishiga yo‘l qo‘ymaymiz – Qirg‘iziston deputati
Jamiyat
−
03 iyun 2020
52543So‘x-Rishton yo‘li ochilishiga Qirg‘iziston tomonidan yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda qirg‘izistonlik deputat Taabaldi Tillayev intervyuda ma’lum qildi.
Taabaldi Mirza, qirg‘iz-o‘zbek, qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya jarayoni shu kunga qadar yakunlanmagan, voqealar to‘xtamayapti. Sizningcha, bizning rahbarlarimiz bu masalani hal qilishida nima yetishmayapti?
"Birinchidan, hukumatimiz qat’iyatsiz, vakolatli organlar o‘z ishlarini aniq bajarishmayapti. 30 yildan beri davom etib kelayotgan muammoning mohiyati barchamizga ma’lum", deydi deputat.
So‘xliklar bilan uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov So‘x-Rishton yo‘lak masalasini ko‘targan. Bunga sizning sharhingiz?
"Men ham bu so‘zlarni eshitdim. Bu fikr So‘xda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarining taklifi sifatida bildirildi. Janob Aripov va’da berdi. Bu shunchaki so‘xliklarning orzusi. Bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki Qirg‘iziston hududining yer osti va yer usti qismlari bizning mulkimizdir. shuningdek, faqat biz postni qayerda ochishni hal qilamiz. Qanday bo‘lmasin, qo‘shni davlatlar do‘stona yashashlari kerak. So‘x Qirg‘iziston hududida anklav ekanligini hech kim yoddan chiqarmasin", deydi Tillayev.
Avval xabar qilinganidek, 2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi “Chashma” uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan edi. Mojaro “Chashma” bulog‘ini ariqlarini birgalikda tozalash paytida kelib chiqqan.
Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi.
Vazirliklar va viloyat boshqarmalar rahbarlari So‘x tumanida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.
Avvalroq, Abdulla Aripov So‘x-Rishton yo‘lining ochilishi haqida gapirib o‘tgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr