O‘zbekiston Qirg‘izistonga yangi elchi yubordi
Jamiyat
−
01 iyun 2020
8379Xurshid Mirzaxidov O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
"2020 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Xurshid Mirzaxidov Bishkek shahriga yetib keldi", deyiladi vazirlik xabarida.
Xurshid Mirzaxidov bunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Avvalroq, Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara hududida ikki mamlakat aholisi o‘rtasida mojaro yuz bergan edi. Keyinchalik, ikki davlat hukumat rahbarlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazishdi. Tashqi ishlar vazirligi bu haqda rasmiy bayonot berdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr