Xitoy elchisining sirli o‘limi tafsilotlari ochiqlandi
Olam
−
18 may 2020
20493Avvalroq, Isroildagi Xitoy elchisi Du Vey o‘z qarorgohida o‘lik holda topilgani haqida xabar bergan edi. Sud-tibbiyot ekspertlari guruhining ta’kidlashicha, 58 yoshli elchi kecha 17 may kuni to‘satdan yurak xuruji tufayli uyqusida vafot etgan.
Dastlabki tergov shuni ko‘rsatdiki, turar joy xodimlari diplomatik vakolatxona boshlig‘i nonushta qilmaganida tashvishlana boshlaganlar. Ular elchining yotoqxonasiga chiqib, eshikni taqillatishgan. Ichkaridan javob bo‘lmagan. Xodimlar xonaga kirishganda Du Veyni to‘shagida hech qanday alomatlarsiz jonsiz yotganini ko‘rishgan.
Voqea joyiga tergovchilar kelishgan. Tekshiruvdan so‘ng, Xitoy elchisining jasadi o‘lim sabablarini aniqlash uchun Abu Kabir sud-tibbiyot institutiga olib borilgan.Politsiya, marhumning tanasida zaharli yoki giyohvand moddalar izlari borligini aniqlash uchun toksikologik tekshiruvni o‘tkazilishini ta’kidlagan.
Politsiya guvohlari bilan suhbatda aytilishicha, so‘nggi kunlarda elchi xushchaqchaq, ajoyib ruhda bo‘lgan. Joriy yilning 15 may kuni, sirli o‘limdan ikki kun oldin, xitoylik diplomat tor doiradagi tanishlar uchun qarorgoh hovlisida ziyofat uyushtirgan.
Ayni paytda, diplomatning jasadini Pekinga yuborish havo qatnovining yo‘qligi sababli qiyinlashmoqda.
Ma’lumot uchun, Du Vey Xitoy Tashqi ishlar vazirligida 30 yildan ortiq vaqt xizmat qilgan. U Xitoyning Isroildagi elchisi sifatida 2020 yil fevral oyida ish boshlagan. Undan oldin Vey uch yil davomida Xitoyning Ukrainadagi elchisi bo‘lib ishlagan.
LiveBarchasi