Xitoy elchisi Isroilda o‘lik holda topildi
Olam
−
17 may 2020
17843Xitoyning Isroildagi elchisi Du Vey Gersiya shahridagi qarorgohida o‘lik holda topilgan. Bu haqda bugun, 17 may kuni Isroil Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Elchining o‘limi tafsilotlari oshkor qilinmaydi. Politsiya diplomatning o‘limi yuzasidan tergov boshladi.
Xitoy tomoni bu haqda hali rasmiy munosabat bildirmadi.
Du Vey 2020 yil yanvar oyida Xitoyning Isroildagi elchisi etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi