O‘zbekistonning Yaponiyadagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori bilan Muhsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Muhsinxo‘ja Abduraxmonov 1974 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U AQSHning Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti hamda Yaponiyaning Otaru kommersiya universitetini bitirgan.

Shuningdek, Muxsinxo‘ja Abduraxmonov 2004–2008 yillarda Yaponiyaning Xokkaydo universitetida doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan.

U 2004–2006 yillarda “Coca Cola Ichimligi O’zbekiston” kompaniyasida menejer lavozimida, 2008–2018 yillarda esa “MTRUSTCo. Ltd”ning (Yaponiya) bosh direktori bo‘lib ishlagan. Shundan so‘ng, 2018–2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Xabarga ko‘ra, Muhsinxo‘ja Abduraxmonov 2021 yildan Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan.

U rus, tojik, ingliz, yapon va arab tillarini biladi. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Yaponiya Elchi

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing