Dide Drogba elchi bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 19 oktyabr kuni “Chelsi” sobiq futbolchisi Dide Drogba o‘z xohishiga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sport va salomatlik elchisi bo‘ldi. Kot-D’Ivuarda tug‘ilgan Drogba butun dunyo bo‘ylab jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarzining boshqa jihatlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sport qadriyatlarini targ‘ib qiladi.

“Chelsi”dagi faoliyati bilan mashhur bo‘lgan, 2006 va 2009 yilda Afrikada “Yilning eng yaxshi futbolchisi” mukofotiga sazovor bo‘lgan Dide Drogba ko‘p yillar davomida sog‘lom turmush tarzi, bezgakka qarshi kurash, profilaktika, shuningdek OIVga qarshi kurashish bo‘yicha faollik ko‘rsatgan.

“Men JSST jamoasida bo‘lish va odamlarga, ayniqsa, barcha mamlakatlardagi yoshlarga sog‘liqni saqlashning eng yuqori standartlariga erishishga yordam berishdan xursandman. Sportning kuchi tufayli men sog‘lom turmush tarzini olib borishga muvaffaq bo‘ldim va shuning uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan bu qadriyatlarni dunyoga olib chiqish uchun hamkorlik qilmoqchiman”, deydi Drogba.

JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Dide Drogbaning nafaqat futboldagi yutuqlarini, balki JSSTning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni yengish harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholadi.

Ma’lumot uchun, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda beshta o‘smirdan to‘rttasi va har to‘rtinchi katta yoshlilar harakatsiz turmush tarziga ega.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Chelsi Elchi Did'e Drogba Kot-D'Ivuar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing