Mourino viski evaziga Makgregorga futbolka sovg‘a qildi

Sport

image

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Rimda ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan uchrashdi. Bu haqda Joze Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Notorius” “Special one”ga o‘zining Irlandiyadagi “Proper No Twelwe” ichimligini taklif qilgan, bunga javoban murabbiy Konor ismi yozilgan 10-raqamli “Roma” klubi futbolkasini sovg‘a qildi.

“Bu o‘sha buyuk Konor Makgregor. U bilan Rimda uchrashish, qiziqarli suhbat o‘tkazish va unga shahardagi eng chiroyli futbolkani sovg‘a qilish men uchun quvonarli bo‘ldi. U mo‘’jiza yaratdi, Konorning taklifini rad etish – imkonsiz ish”, deydi Mourino. 

Eslatib o‘tamiz, Makgregor kichik o‘g‘lini Vatikanga diniy marosim uchun olib kelgan va portugaliyalik murabbiy bilan ko‘rishgan. 

Avvalroq, Konor Makgregor UFC’ning umumiy qiymatini 4,2 milliard AQSH dollariga qadar ko‘targanini aytib o‘tgandi.

Bundan tashqari, uning UFC 257 turniri doirasidagi Dastin Porega qarshi jangi PPV sotuvlari bo‘yicha promoushen tarixida eng qimmat to‘rtinchi jang bo‘lgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Roma Mourin'o Makgregor Vatikan Viski Mtaliya

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing