Vatikan “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishdan bosh tortdi
Olam
−
15:29 1283 2 daqiqa
Vatikan AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan G‘azo sektori bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilmaydi. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni davlat kotibi, kardinal Petro Parolin “Corriere della Sera” gazetasiga ma’lum qildi.
“Yo‘q, Vatikan G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”da ishtirok etmaydi, chunki uning o‘ziga xos maqomi bor va u boshqa davlatlar tabiatiga mos kelmaydi. Biroq Italiya kuzatuvchi sifatida qatnashishini inobatga olamiz”, deydi Parolin.
Kardinalning eslatishicha, o‘tgan oy Muqaddas taxt Kengashga qo‘shilish taklifini olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vatikan Italiya hukumatining ushbu tuzilma ishida qatnashish qarorini “qayd etadi”, biroq “hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim muammoli jihatlar”ni ko‘rmoqda. Xususan, u xalqaro miqyosda inqirozli vaziyatlar an’anaviy ravishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti orqali muvofiqlashtirilishini ta’kidlagan va Muqaddas taxt aynan shu tamoyilni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Tinchlik kengashi”ni tuzish Donald Tramp tomonidan taklif etilgan G‘azo sektoridagi mojaroni tartibga solish rejasi doirasida amalga oshirilgan. Tuzilma tashkil etilgani haqida 2026 yil yanvar oyida e’lon qilingan. Unga qo‘shilish takliflari dunyoning qariyb 60 nafar yetakchisiga yuborilgan, ayrimlari esa asoschi davlatlar sifatida taklif etilgan. “Kengash”ning ilk raisi Tramp, ta’sis marosimi esa 22 yanvar kuni Davos shahrida o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi