Mourinyo A Seriyada rekord qayd etdi

Sport

image

Joriy yilning 22 avgust kuni “Roma” A Seriyaning yangi mavsumida “Fiorentina”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 3:1 hisobida rimliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu natija evaziga jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo yangi rekord o‘rnatdi.

Bu g‘alaba Mourinyoning A Seriyadagi 50-g‘alabasi bo‘ldi. U 1994-1995 yilgi mavsumdan beri 50 ta o‘yinda eng tez g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi. “Special one”ga buning uchun 77 ta o‘yin kifoya qildi.

Bundan tashqari, u APLda 63 ta, Portugaliya chempionatida 62 ta uchrashuvda ushbu natijaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo joriy mavsum boshlanishi arafasida “Roma” bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2008-2010 yillar davomida “Inter” bilan A Seriya va UEFA chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourino Roma A Seriya Fiorentina Rekord

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing