Otabek Shukurov faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Fotih Karagyumryuk” klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Otabek Shukurovga Italiya A Seriyasi klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sport Italia” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchini Eldor Shomurodov to‘p surgan “Jenoa” klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Jenoa” o‘tgan mavsumni B Seriyada o‘tkazdi. Jamoa 2-divizion turnir jadvalida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yangi mavsumni “Jenoa” A Seriyada o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Otabek Shukurov “Mash’al”, “Bunyodkor“ va “Sharja” klublarida to‘p tepgan. U Turkiya chempionatida o‘ynayotgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanadi. 

O‘tgan mavsum Shukurov Turkiya chempionatida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va xuddi shuncha assist muallifiga aylandi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchi qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

A Seriya Otabek Shukurov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing