Moskvaga yana dron hujum qildi (video)
Olam
−
11 avgust 2023
12033Bugun, 11 avgust kuni ham Rossiya poytaxti Moskvaga dron hujumi uyushtirildi. Bu haqda guvohlarga tayanib, RBK xabar berdi.
Aytilishicha, Moskva shimoli-g‘arbidagi Karamishevskaya qirg‘og‘i hududida portlash sodir bo‘lgan. Xoroshyovo-Mnyovnikida samolyot tipidagi dron qulagan. Sohil yaqinida hujum uyushtirilganini Moskva meri Sergey Sobyanin ham tasdiqlagan.
“Havo hujumidan mudofaa tzimining ishlari natijasida hujum bartaraf etildi”, degan poytaxt meri dron qulab tushgan hududda hech kim jabrlanmagani va jiddiy vayronagarchiliklar bo‘lmaganini qo‘shimcha qilib.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, Voroxobov nomidagi 67-shahar kasalxonasi parki hududida qulagan dron parchalari topilgan. Muassasa Karamishevskaya qirg‘og‘i yonida joylashgan.
Keyinroq Mudofaa vazirligi uchuvchisiz samolyot Moskva hududidagi ob’ektga hujum qilishga uringani, radioelektron vositalar yordamida urib tushirilgani va o‘rmonga qulagani haqida xabar bergan. Voqea uchun javobgarlikni vazirlik Ukrainaga yuklagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24, 28, 30 iyul va 1, 6, 9, 10 avgust kunlari ham Moskvaga dron hujumi uyushtirilgandi.
LiveBarchasi