Dehli-Moskva yo‘nalishida uchgan samolyot nega Toshkentga qo‘ndi?
Jamiyat
−
16 Oktabr 2019
6063Bugun, 16 oktyabr kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvaga uchayotgan A-330 samolyoti Toshkentda faqulodda qo‘nish amalga oshirdi. Bunga yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Dehli-Moskva reysi bilan uchgan “Aeroflot” samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 7:19 da (Moskva vaqti bilan 5:19) yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani uchun Toshkentda majburiy qo‘nish amalga oshirdi”, deyiladi xabarda.
Toshkentdagi aeroportda samolyotni tibbiyot xodimlari kutib olgan, ayni paytda yo‘lovchini shifoxonaga yotqizish masalasi ko‘rilyapti.
Qayd etilishicha, samolyot tayyorgarlikka qarab Moskvaga uchib ketadi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023