BOMJ o‘zini izolyatsiya qilish qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi

Olam

image

Moskvada politsiya uysiz odamga o‘zini izolyatsiya qilish rejimini buzgani uchun jarima soldi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni “Lenta“ nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, “huquqbuzar“ Lianozovskiy bog‘i yaqinida to‘xtatilgan. Unga katta miqdorda jarima solingani aytilmoqda.

“Lianozovskiy bog‘i yaqinida politsiya tomonidan bir uysiz shaxs to‘xtatilgan. Ushbu shaxs politsiyaga qiz do‘stining oldiga ketayotganini aytgan. Politsiya uysiz shaxsga o‘zini izolyatsiya qilish qoidasini buzayotganini aytib, rejimga rioya qilish uchun bironta uyni ijaraga olishni maslahat bergan“, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkakni politsiya idorasiga olib borib, unga nisbatan bayonnoma tuzilgan. So‘ng, unga nisbatan to‘rt ming rubl miqdorida jarima solingan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Karantin

Baholaganlar

254

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing