Moskvada o‘zbekistonlik kurer yigit bola o‘g‘risini to‘xtatib qoldi (video)

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahrida Muhammadjon Obidov ismli o‘zbekistonlik yigit chaqaloqni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatib qoldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kurer bo‘lib ishlaydigan ushbu yigit Moskvaning janubi-sharqidagi Vixino-Julebino tumanidagi bolalar maydonchasi yaqinidan o‘tib ketayotganda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan onaga tashlangan erkakni ko‘rib, yordam berishga oshiqadi.
 

“Erkakni voqea sodir bo‘lishidan oldin ko‘rgandim. U kurerlarning buyurtma qabul qilish punkti yonida turgandi. Buyurtmani olib, yetkazib berish uchun ketayotgandim. Yo‘lda bu odamning bir ayolni bezovta qilayotganini ko‘rdim-da, ortga qaytdim. U kichkina chaqaloqni onasidan tortib olib, yerga qattiq tashlab yubordi. Chaqaloqni qaytarib olish uchun uning orqasidan yugurdim. Shunchaki yordam bermoqchi edim. U chaqaloqni qayerga olib ketmoqchi bo‘lganligi menga noma’lum edi. Bolaga qilgan munosabati uchun unga ikki marta musht tushirdim. Shundan so‘ng u qochib ketdi. Bolani esa onasiga berdim”, degan kurer yigit.

Ma’lum qilinishicha, chaqaloqni o‘g‘irlash uchun ayolga tashlangan erkak muqaddam firibgarlikda ayblanib, sudlangan 27 yoshli Aleksey Kirichenko bo‘lib chiqdi. Bolani o‘g‘irlashga uringan vaqtda u spirtrli ichimlik ta’sirida bo‘lgan. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Odam o‘g‘irlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik yigit Moskvada ikki kishini yong‘indan qutqarib qolgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Muhammadjon Obidov Vixino-Julebino Odam o'g'irlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made