Moskvada politsiya xodimlari ikki nafar o‘zbekistonlikni kaltakladi
Olam
−
17798 1 daqiqa
Moskvada Rossiya IIVning Severnoye Butovo tumani bo‘yicha bo‘limining ikki xodimiga nisbatan tekshiruv ishlari boshlandi. Politsiya xodimlari o‘zbekistonlik migrantlarning hujjatini tekshirayotganda ko‘chada ularni kaltaklagan.
9 mart kuni ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi – 28 yoshli Avazbek Sulaymonov va Sunnatbek Nazirov ko‘chada politsiya xodimlari tomonidan hech bir sababsiz to‘xtatilgan. Qisqa bahs munozaradan keyin ularni ushlab, kaltaklashgan va Severnoye Butovo tuman IIBga olib borishgan.
Ikki politsiya xodimi “migratsiya qonunchiligi buzilgan” deb taxmin qilib, o‘zbekistonlik migrantlardan hujjatini ko‘rsatishini so‘ragan. Biroq migrantlar bu politsiyaning emas, migratsiya xizmatining ishi ekanini aytib, qarshilik ko‘rsatgan.
Politsiya xodimlari esa o‘zi aytganida turib olgan. Oqibatda migrantlar hujjatini ko‘rsatgan. Hujjatlarni ko‘rib chiqqach, politsiya xodimlari migratsiya kartasida amal qilish muddati ikkita joyda ko‘rsatilishi kerakligini va ularni bazadan tekshirish kerakligini aytib, o‘zbekistonliklardan qo‘pollik bilan xizmat mashinasiga o‘tirishni so‘ragan. O‘zbekistonliklar buning uchun asos ko‘rsatishni va bayonnoma tuzishni talab qilgan. Politsiya xodimlari shundan so‘ng kuch bilan ularni mashinaga o‘tkazgan va IIBga olib ketgan.
Migrantlar o‘sha kuni soat 17:21 da huquq himoyachilarining aralashuvi bilan ozodlikka chiqarilgan.
Live
Barchasi