Moskvada minglab migrantlar bilan soxta shartnoma tuzgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatida qurilish sohasidagi soxta kompaniyalar orqali mingdan ortiq muhojirni qonuniylashtirgan uyushgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat politsiya boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Vladimir Vasenin ma’lum qildi.

Uning aytishicha, jinoiy guruh a’zolari qurilish bilan shug‘ullanuvchi shaxs orqali tijorat tashkilotlarini yaratgan. Shundan so‘ng, guruh a’zolari muhojirlar bilan Rossiyada qolish muddatini uzaytirish imkonini beruvchi soxta mehnat shartnomalarini imzolagan.

“Yashirin biznesdan olingan dastlabki daromad 5 million rubldan oshadi, qonuniylashtirilgan xorijliklar soni esa ming kishidan oshadi”, deyiladi xabarda.

Jinoiy guruh a’zolari messenjerlar orqali mijozlarni qidirgan. Shuningdek, ba’zi muhojirlar do‘stlarining tavsiyasi bilan ularga murojaat qilishgan. O‘z xizmatlari uchun migrantlardan 5 dan 10 ming rublgacha so‘rashgan.

Moskva viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Vladimir Vaseninning so‘zlariga ko‘ra, sheriklar nochor va ishsiz fuqarolarni topishgan. Ular migrantlarni ommaviy va soxta ravishda haq evaziga ro‘yxatdan o‘tkazgan. Shu maqsadda yotoqxonalar ham ishlatilgan.

Tintuvlar chog‘ida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aloqa vositalari, hujjatlar, bank kartalari va tergov uchun muhim bo‘lgan boshqa ashyo va hujjatlar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklarga soxta hujjatlar bilan Rossiya fuqaroligini olishga yordam berganlar qo‘lga olingan edi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya migrant Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made