Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshiriladi
Olam
−
28 Oktabr
4689Rossiyaning Moskva shahrida xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshib, 2025 yilda uning narxi 8,9 ming rublni tashkil qiladi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
“Migrantlar soliqlar nuqtai nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul to‘lashi – muhim masala. Biz fuqarolarimizning har oylik daromad soliqlari o‘tkazmalaridan kelib chiqamiz va uni shu toifadagi ishchilarniki bilan solishtiramiz. Ma’lumki, ular yuqori malakali insonlar toifasi emas. Bugungi kunda oylik to‘lanadigan patent 7,5 ming rubl bo‘lib, uni daromad solig‘i avansi deb hisoblash mumkin. 1 yanvardan boshlab u 8,9 ming rubl bo‘ladi”, deydi Sergey Sobyanin.
Shahar merining so‘zlariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar ish beruvchilarning migrantlar va Rossiya fuqarolari uchun xarajatlarini tenglashtirish imkonini beradi.
“Mexanizm ancha oldin yaratilgan, u migrant ish beruvchilar fuqarolarimizdan kam xarajat qilmasligi uchun qaratilgan masalani tartibga soladi”, deya ta’kidlagan mer.
Sobyaninning qayd etishicha, Moskvada mehnat patentlarini berish bo‘yicha sezilarli o‘sish kuzatilmayapti, hozirda bu qariyb 450 mingtani tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi bola huquqlari bo‘yicha vakil Igor Morokov maktablarda tahsil olayotgan migrant oilalarning farzandlariga nogiron sifatida qarash kerakligini aytgandi. Morokov Rossiya maktablarida tahsil olayotgan, ammo rus tilini bilmaydigan o‘quvchilarning mavjudligi bilan bog‘liq muammoga shu tariqa “yechim” borligini ta’kidlagan. Ombudsman bu o‘quvchilar soni kam bo‘lgan sinflarni tashkil etish va o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash imkonini berishini aytgan.
LiveBarchasi