Moskvada komendantlik soati joriy etiladimi?

Olam

image

Moskvada komendantlik soati joriy etilmaydi, mamlakatning boshqa hududlarida qo‘shimcha cheklovlar faqat Prezident farmoniga muvofiq joriy etilishi mumkin. Bu haqda jurnalistlarga Federatsiya kengashi vitse-spikeri Yuriy Vorobev ma’lum qildi. 

“Agar [qo‘shimcha] cheklovlar va talablar bo‘lsa, bu faqat Prezident qarori va gubernatorlar boshchiligidagi tezkor shtabga berilgan vakolatlarga muvofiq bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Bugun, 19 oktyabr kuni Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning anneksiya qilish yo‘li bilan qo‘shib olingan to‘rtta yangi hududi – DXR, LXR, Zaporoje va Xersonda harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qilgan edi. Federatsiya Kengashi bir necha soat o‘tib, ushbu farmonni ma’qulladi

Shuningdek, Putin Ukraina bilan chegaradosh hududlar va Rossiyaning yangi hududlarida “o‘rta darajadagi javob choralari”ni joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. O‘rtacha javob darajasi Qrim, Krasnodar o‘lkasi, Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk, Rostov viloyatlari va Sevastopolga tegishli.

Bu mintaqalar rahbarlariga “iqtisodiy sohada, Rossiya Federatsiyasining ushbu ta’sis sub’ektlarining ijro etuvchi hokimiyatlarida va mahalliy hokimiyatlarda safarbarlik tadbirlarini, hududiy mudofaa bo‘yicha individual chora-tadbirlarni, fuqarolik mudofaasi choralarini, fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha choralarni ko‘rish, tabiiy va texnogen xarakterdagi vaziyatlarda aholi va hududlar, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar, organlar va aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatini beradi.

Rossiyaning boshqa hududlari uchun "rejim (asosiy tayyorgarlik darajasi – tahr.)" o‘rnatildi. Bu Federatsiyaning ushbu ta’sis sub’ektlarining rahbarlari “aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlarini, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlar, harbiy tuzilmalar, organlar va aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolatlarini amalga oshiradigan bazaviy tayyorgarlik darajasini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva harbiy holat

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing