Moskvada davolanayotgan muftiy Usmonxon Alimovning salomatligi haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
12 avgust 2021
14895Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Rossiya poytaxti Moskvadagi shifoxonada davolanayotgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati Usmonxon Alimovning ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olmoqda.
“Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda.
Muftiy hazratlari tezroq sog‘ayishlari, xalqimiz, mo‘min-musulmonlar va yaqinlari baxtiga sog‘-omon bo‘lishlarini Haq taolodan duo qilib, so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi