Usmonxon Alimov og‘ir ahvoldami? Musulmonlar idorasi izoh berdi
Jamiyat
−
19 iyul 2021
29014Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning salomatligi yomonlashgani to‘g‘risida turli xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati muftiyning salomatligi bo‘yicha tarqalgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi
“Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog‘liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o‘tkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir”, deyiladi idora xabarida.
Musulmonlar idorasi odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinida gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatgan.
LiveBarchasi