Usmonxon Alimov dunyoning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan joy oldi
Olam
−
27 Oktabr 2020
11902Iordaniyaning Amman Qirollik islomiy strategik tadqiqotlar markazi Jorjtaundagi Musulmon-xristian birdamligi markazi ko‘magida dunyodagi eng nufuzli musulmonlarning 500 talik reytingini tuzdi. Tadqiqot 2009 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinadi.
Kecha, 26 oktyabr kuni e’lon qilingan The Muslim 500-2021 reytingida birinchi o‘rinni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an egalladi (2019 yilda 6-o‘rin). Ikkinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul Aziz al-Saud (2019 yilda 4-o‘rin), uchinchi o‘rinda Eron Oliy rahbari Oyatullo Ali Homanaiy (2019 yilda 2-o‘rin) joy olgan.
O‘tgan yili reytingda birinchi o‘rinni egallagan pokistonlik Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy bu yil beshinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.
Top-50 talikdan Iordaniya podshohi Abdulloh II al-Husseyn (4-o‘rin), Abu-Dabi valiahd shahzodasi, BAA Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Muxammad ibn Zayd Al-Nahayon (7), Qatar amiri Shayx Tamim ibn Hamid al-Tani (11), Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo (12), Misrning al-Azhar universiteti Shayxi doktor Ahmad Muhammad al-Toyyib (13), Pokiston Bosh vaziri Imron Xon (15), Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon ibn Abdul Aziz al-Saud (23), futbolchi Muhammad Saloh (42) joy olgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov reytingda 166-o‘rinda qayd etilgan.
Shuningdek, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 159-o‘rinni egallagan.
LiveBarchasi