Moskva sudi Ukraina xavfsizlik xizmati rahbarini teraktda ayblab, sirtdan hibsga oldi
Olam
−
27 mart
11096Moskvaning Basmanniy tuman sudi Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Vasiliy Malyukni terakt ishi bo‘yicha ikki oyga sirtdan hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda kecha, 26 mart kuni poytaxt sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Malyuk odam o‘limiga sabab bo‘lgan teraktda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 205-moddasi 3-qismi “b” bandi) ayblanmoqda. U federal va davlatlararo qidiruvga berilgan.
“UXX rahbariga nisbatan ish qo‘zg‘atilishiga 2022 yil oktyabr oyida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi Qrim ko‘prigida yuk mashinasining portlashi sabab bo‘lishi mumkin”, deb yozadi “Kommersant” gazetasi.
2023 yil avgust oyida Malyuk ushbu hujum tafsilotlarini aytib, o‘zi va yana ikki UXX zobiti portlashni tashkil qilishda ishlaganini ochiqlagan.
Joriy yilning 25 mart kuni Ukraina telemarafonida efirga uzatilgan intervyuda esa Malyuk UXXning rossiyalik harbiy bloger Vladlen Tatarskiy va Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Ilya Kivaning o‘ldirilishi, shuningdek, rossiyalik yozuvchi va siyosatchi Zaxar Prilepin sayohat qilgan mashinaning portlashiga aloqadorligiga ishora qilgan.
Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati ushbu voqealarning barchasida Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi. Ukraina tomoni hujumlarga aloqadorligini bevosita tasdiqlamadi.
LiveBarchasi