Moskva Blinkenning Toshkent va Ostonaga kelishiga qanday qarayapti?

Olam

image

Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan faol hamkorlik qiladi, bu davlatlar bilan munosabatlarni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi deb biladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 28 fevral kuni jurnalistlarga AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Qozog‘istonga tashrifi Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qilishi mumkinligi haqida gapirar ekan aytib o‘tdi

“Bizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zimizning ikki tomonlama munosabatlarimiz bor, o‘z hamkorlik formatlariga egamiz, ularning bir qatori bilan bizni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining integratsiya jarayonlari birlashtiradi: biz nimaga e’tibor qaratamiz, nimaga qiziqamiz va nimalarni tashqi siyosatimizda ustuvor deb hisoblaymiz”, deydi Kreml vakili. 

U AQSH Davlat kotibining tashrifi haqida batafsilroq izoh bermadi va bu tashqi siyosat departamenti vakillarining vakolati ekanini tushuntirdi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 fevral kuni kechqurun AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ilk rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Bugun u Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida respublika rahbari AQSH bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini aytdi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH Tashqi ishlar idoralari rahbarlari 28 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada C5+1 formatida energetika, iqtisodiyot va terrorizmga qarshi kurash masalalari, shuningdek, xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina atrofida vaziyatni muhokama qiladi.

C5+1 formati Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston,  Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmi hisoblanadi. U 2015 yilda iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun tashkil etilgan. Qozog‘istondan keyin Davlat departamenti rahbari bugun, 28 fevral oqshomida Toshkentga keladi. 1 mart kuni Nyu-Dehliga jo‘nab ketadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing