Moskva aeroportida qirg‘izistonliklar navbatda turish vaqtida to‘polon ko‘tarishdi (foto, video)

Olam

image

Kecha, 19 may kuni Qirg‘iziston fuqarolari ikkita ziddiyatli vaziyatni keltirib chiqardilar. Ulardan biri Moskva aeroportida, ikkinchisi Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvadan Bishkekka charter reysi boshlanishidan oldin muhojirlar tartibsizlik uyushtirgan. Shu sababli, 402 yo‘lovchining o‘rniga 379 kishi Qirg‘izistonga qaytarilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, norozilik sababi samolyot chiptalari narxlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lgan.

23 kishi tartibsizlik qilgani uchun parvozdan chetlatildi. Buning sababi yosh qirg‘izlarning tajovuzkor xatti-harakatlari hisoblangan. Ular kasallar va nogironlarni navbatga qo‘yib yubormaganlar. Shuningdek, oldida turgan vatandoshlariga hurmat ko‘rsatishmagan. Natijada aviakompaniya xodimlari yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishni to‘xtatganlar.

Кыргызстанцы uстроили беспорядки в аэропортu Москвы и в обсерvaции (фото, видео)

Qirg‘iziston fuqarolari va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi yana bir to‘polon mamlakatdagi karantin hududida sodir bo‘ldi. U erda 7 may kuni avvalgi reys bilan qaytgan fuqarolar uchun karantin mavjud edi. Qayd etilishicha, u yerdagi odamlar ularni uylariga qo‘yib yuborishni talab qilishgan va izolyatsiya talablarini bajarishdan bosh tortishgan.

Кыргызстанцы uстроили беспорядки в аэропортu Москвы и в обсерvaции (фото, видео)

Vaziyat shu qadar yomonlashdiki, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Nurbolot Usenbayev fuqarolar bilan suhbatlashish uchun keldi. U hamma belgilangan tartibda tezda uylariga qo‘yib yuborilishiga ishontirdi.

Ammo keyinroq Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammadqali Abilgaziyevning aytishicha, Karantin hududida salbiy test natijalarini olganlargina uylariga qaytishadi. Shuningdek, u karantin rejimini buzganlarning hammasi qonun oldida javob berishini eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Moskva aeroporti

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing