“Morg”dagi o‘liklar orasidan Prigojinni tanishdi
Olam
−
24 avgust 2023
36052“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning jasadi Tverdagi o‘likxonada aniqlandi. Bu haqda manbasiga tayanib, “Fontanka” xabar berdi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari tabiiy ofatdan keyin jiddiy zarar ko‘rgani uchun ularni vizual aniqlash imkoni yo‘q. Biroq, bilvosita dalillarga tayanib, mutaxassislar Prigojin o‘lganlar orasida ekanini aytmoqda.
Shuningdek, “VCHK-OGPU” Telegram kanali Prigojinning jasadi o‘likxonada rasman tanilgani, uni “Vagner” komandirlaridan biri aniqlaganini yozgan.
“Asosiy belgi barmoqning yo‘qligi edi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘likxonada “Vagner”ning ikkinchi qo‘mondoni Dmitriy Utkinning jasadi ham tanib olingan. U bo‘yi va tatuirovkalari bilan aniqlangan.
Ma’lumot uchun, xususiy samolyot halokatida qurbon bo‘lganlarning jasadlari Tver viloyati o‘likxonasiga yetkazilgan. Mutaxassislar halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 avgust kuni bortida Prigojin bo‘lgani aytilgan samolyot halokatga uchragandi. Shundan so‘ng, xalqaro va mahalliy jamoatchilik sodir bo‘lgan voqealarning turli versiyalarini muhokama qilyapti.
LiveBarchasi