Moldovaning birinchi ayol Prezidenti bugundan ishga kirishdi

Olam

image

Bugun, 24 dekabr kuni Moldovaning saylangan Prezidenti Mayya Sandu qasamyod qildi va Respublika rahbari sifatida ish boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Moldova qonunchiligiga binoan, mamlakat Prezidenti inauguratsiyasidan e’tiboran ishga kirishadi. 

Qayd etilishicha, inauguratsiya marosimi bugun, 24 dekabr kuni Respublika saroyida bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumot o‘rnida, Sandu Moldovaning birinchi ayol Prezidenti hisoblanadi. 

Sandu 1972 yilda Moldova shimolidagi “Risipen” qishlog‘ida tug‘ilgan. Iqtisodiy ta’lim akademiyasini va Moldova Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini hamda Garvard instituti qoshidagi davlat boshqaruvi maktabini tamomlagan. U Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan. Vashingtondagi Jahon banki Ijrochi direktorining maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Rumin, ingliz, rus va ispan tillarida bemalol muloqot qila oladi.

Sandu AQSHdan Moldovaga qaytib kelgach, 2012 yilda “Vlad Filat” hukumatida ta’lim vaziri lavozimini egallash taklifini olgan. Ushbu lavozimda u ta’lim sohasidagi qattiq islohotlar bilan keng tanilgan. Moldovada millatlararo muloqot tili maqomiga ega bo‘lgan rus tili Sandu davrida maktablarda majburiy emas qilib qo‘yilgan. Bugungi kunda Sandu xarajatlarni optimallashtirish maqsadida ko‘plab qishloq maktablarini yopgan va bu ko‘pchilikni bo‘sh qoldirgani uchun tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Sandu Yevropaparast kuchlarning yagona nomzodiga aylandi. Ammo u ikkinchi bosqichga qadar Dodonga 4 foiz farq bilan yutqazgan. 2019 yil iyun oyida Bosh vazir lavozimini egallagan Sandu korrupsiyani yengish, Yevropaga integratsiya siyosatini olib borish va Rossiya bilan konstruktiv munosabatlarni davom ettirishga va’da berdi. Biroq, taklifnomaga qaramay, u Moskvaga tashrif buyurmagan. 

2020 yilda esa Sandu partiyasi uni prezidentlik saylovida qayta nomzodini ko‘rsatdi. 

Ma’lumot uchun, Moldovada Prezident 4 yilga saylanadi. 

Avvalroq, Mayya Sandu "Harakat va birdamlik partiyasi"ga a’zoligidan voz kechib, partiya raisi lavozimidan ketgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Moldovada joriy yil 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Sandu g‘olib bo‘ldi. U 57,27 foiz, amaldagi Prezident Igor Dodon esa 42,28 foiz ovoz to‘pladi. Dodonning vakolat muddati kecha, 23 dekabrda tugagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Mayya Sandu

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing