Moldova Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – Rossiya TIV
Olam
−
17:59 2352 1 daqiqa
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moldovani G‘arb davlatlari ko‘magida Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganlikda aybladi. Bu haqda Rossiyaning Kishinyovdagi elchisi Oleg Ozerov TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ozerovning aytishicha, G‘arb davlatlari Moldova armiyasini qurollantirib, harbiy infratuzilmani kuchaytirmoqda va mamlakatga NATO instruktorlarini yubormoqda.
Diplomatning ta’kidlashicha, Moldova hududida Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari uchun dron qismlari, dronlarga qarshi uskunalar va radioelektron kurash tizimlari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, u yerda dron operatorlari tayyorlanmoqda.
Ozerov G‘arbning Moldovadagi siyosatini Ukrainaga nisbatan qo‘llangan strategiyaga o‘xshatgan. Uning fikricha, G‘arb Moldova orqali Rossiyaga qarshi harbiy salohiyatni oshirmoqda.
Rossiya elchisi, shuningdek, G‘arb nodavlat tashkilotlarini Moldovada rusofob kayfiyatlarni tarqatish va tarixni “qayta yozish”da ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainadan keyin Moldovadan egallamoqchiligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust