Moldovadagi aeroportda otishma sodir etgan tojikistonlik vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 30 iyun kuni Moldovadagi ayeroportda otishma sodir etgan Tojikiston fuqarosi hibsda olgan jarohatlaridan vafot etdi. Bu haqda Moldova politsiyasi ma’lum qildi.

"Kishinyov ayeroportida qotillik sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs vafot etdi”, deyiladi politsiyaning Telegram-kanalida. 

TASSning ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportda qotillik sodir etgan Tojikiston fuqarosi Rustam Ashurov hech qachon hushiga kelmagan. Politsiya inspeksiyasi boshlig‘i Viorel Chernautsanu brifing chog‘ida Ashurov muzokara qilishdan bosh tortgani, aeroportga kelgan maxsus kuchlar u bilan muzokara olib borishga harakat qilganini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hibsga olish paytida u o‘nta o‘q jarohati olgan, operatsiya vaqtida o‘pkasining bir qismi olib tashlangan. Oxirgi kunlarda u juda og‘ir hushsiz holatda, shifokorlar va politsiya qo‘riqchilari nazoratida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyun kuni Moldovaning Kishinyov aeroportida Tojikiston fuqarosi 43 yoshli Rustam Ashurov otishma sodir etgandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohatlangandi. Otishma vaqtida uni o‘zi ham yaralangan.

Ashurov Tojikistonda shu yilning 23 iyun kuni “Oriyonbank” raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyevni o‘g‘irlab ketganlikda ayblangan. Shundan so‘ng, u yashirinish maqsadida Turkiya orqali Moldovaga qochib ketgan. U Moldovada umrbodga qamalishi mumkin edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Moldova otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing