Moldovada uch vazir o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi

Olam

image

Moldovaning Kishinyov aeroportida uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan otishma tufayli mamlakatning uch nafar vaziri o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti respublika Bosh vaziri Dorin Rechanga tayanib xabar berdi.

“Uch vazir iste’foga chiqish haqida ariza berdi – Ichki ishlar vaziri Anna Revenko, Ta’lim vaziri Anatoliy Topale, Infratuzilma vaziri Liliya Dabija”, deydi Bosh vazir brifingda.

Hukumat rahbari 17 iyul kuni Moldova Prezidenti Maya Sanduga vakant vazirlik lavozimlariga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etishini aytgan.

Qayd etilishicha, Moldova muxolifati fojia munosabati bilan huquq-tartibot idoralari rahbariyatini iste’foga chaqirgan.

Shuningdek, bir qator muxolif partiyalar, jumladan, sotsialistlar, kommunistlar, Liberal-demokratik partiya, “Sh.O.R” siyosiy bloki Bosh vazir Rechanning o‘zi iste’foga chiqishi uchun ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyun kuni Moldovaning Kishinyov aeroportida Tojikiston fuqarosi 43 yoshli Rustam Ashurov otishma sodir etgandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohatlangandi. Otishma vaqtida uning o‘zi ham yaralangan.

Ashurov Tojikistonda shu yilning 23 iyun kuni “Oriyonbank” raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyevni o‘g‘irlab ketganlikda ayblangan. Shundan so‘ng, u yashirinish maqsadida Turkiya orqali Moldovaga qochib ketgan. U Moldovada umrbodga qamalishi mumkin edi. Ammo joriy yilning 30 iyun kuni u vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Moldova Kishinyov aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing