Moldovada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi g‘olibi e’lon qilindi
Olam
−
21 Oktabr
3315Moldovaning amaldagi Prezidenti Mayya Sandu prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida o‘zining asosiy raqibi, mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanogloni ortda qoldirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, Sandu 41 foiz, Stoyanoglo 26 foiz ovoz to‘plamoqda, bu haqda Markaziy saylov komissiyasi 96 foizdan ortiq ovozni sanab o‘tgan.
Prezidentlik poygasining natijasi ikki haftadan so‘ng saylovning ikkinchi bosqichida hal qilinadi, chunki birinchi turda hech bir nomzod mutlaq ko‘pchilik (50 foizdan ortiq) ovoz ololmadi. Saylovning birinchi bosqichida 11 nafar nomzod ishtirok etgan.
Prezidentlik saylovlari kuni Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga intilishlari bo‘yicha referendum ham bo‘lib o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 54 foizdan ortig‘i Yevropa integratsiyasiga qarshi ovoz bergan. Saylov va referendumda jami 51 foizdan oshib, respublikaning 1,5 milliondan ortiq fuqarosi qatnashgan.
“Moldova mamlakatimiz erkinligi va demokratiyasiga misli ko‘rilmagan hujumga duch kelmoqda”, degan yevropaparast Prezident Mayya Sandu.
Kishinyovda jurnalistlarga referendumning dastlabki natijalarini sharhlar ekan, Sandu aralashuvda mamlakatning milliy manfaatlarga dushman bo‘lgan xorijiy kuchlar bilan ishlayotgan jinoiy guruhlarni aybladi va ularning maqsadi demokratik jarayonga putur yetkazish ekanini qo‘shimcha qildi.
Dastlab, ikki lager o‘rtasidagi tafovut minimal edi, saylovchilarning 50 foizdan sal ko‘prog‘i Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish siyosatiga qarshi chiqdi va yarmidan ozrog‘i uni qo‘llab-quvvatladi. Biroq Kishinyovda va xorijda ovozlar hisoblanar ekan, Yevropa integratsiyasi muxoliflarining dastlabki ustunligi sezilarli darajada kamaydi.
Moldova Markaziy saylov komissiyasi Yevropa integratsiyasi bo‘yicha referendum protokollarining 100 foizini sanab chiqish natijalarini e’lon qildi. Respondentlarning 50,46 foizi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun ovoz berdi. 49,54% qarshi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova Prezidenti Mayya Sanduga koronavirus (COVID-19)ning yangi turdagi tashxisi qo‘yilgandi. Davlat rahbari vatandoshlariga “COVID yo‘qolmagani”ni eslatib, infeksiyadan shubhalangan bo‘lsa, tahlildan o‘tishga va shifokorga murojaat qilishga chaqirgandi.