Moldovada bundan buyon 9 may G‘alaba kuni sifatida nishonlanmasligi mumkin

Olam

image

Moldova hukumati G‘alaba kunini nishonlashni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda endilikda 8 may kuni Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar sharafiga Xotira va yarashuv kuni sifatida nishonlanadi.

Mazkur qonun loyihasi hukmron Harakat va birdamlik partiyasi deputatlari tomonidan taklif qilingan.

“Loyiha hukumat tomonidan ijobiy baholandi”, deydi Bosh vazir Dorin Rechan mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida. Unga ko‘ra, qaror parlament deputatlari tomonidan ma’qullanganidan keyin kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada ham mamlakat yetakchisi Vladimir Zelenskiy tomonidan G‘alaba kunini 8 mayga ko‘chirish haqidagi qonun imzolangandi. Qozog‘sitonda esa 2019 yildan buyon G‘alaba paradi o‘tkazilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova G'alaba kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing