Zelenskiy G‘alaba kunini 8 mayga ko‘chirish haqidagi qonunni imzoladi
Olam
−
12 iyun 2023
6573Vladimir Zelenskiy G‘alaba kunini nishonlashni 8 mayga ko‘chirish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasining rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy ushbu qonun loyihasini 8 may kuni Radaga kiritgan va parlament uni 29 may kuni tasdiqlagan. Hujjat matniga ko‘ra, Ukraina Mehnat kodeksining bayram va dam olish kunlari moddasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shuningdek, 9 may Xotira va natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuni o‘rniga Yevropa kuni deb e’lon qilindi. Yevropa komissiyasi Zelenskiyning bu qarorini olqishladi.
Ma’lumot uchun, bunga qadar Ukrainada Yevropa kuni may oyining uchinchi shanbasida nishonlanar edi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi