Moldova Bosh vaziri iste’foga chiqdi

Olam

image

Moldova Bosh vaziri Ion Kiku o‘zi va Hukumati iste’foga chiqqanini e’lon qildi. U joriy yilning 31 dekabrigacha vazifasini bajarib turadi. Ammo yangi Hukumat tasdiqlanguncha ishlamaydi. Bu haqda Kiku ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Bosh vazir 23 dekabr kuni Hukumat iste’fosini e’lon qilgan.

Kiku 2019 yilning 14 noyabridan Bosh vazir lavozimida ishlab kelgan. 

Moldova qonunchiligiga ko‘ra, Hukumat yangi nomzodlar tayinlangunga qadar o‘z vazifasini bajarishi mumkin. Biroq, Kiku nafaqaga chiqqanini e’lon qilgan. 

U Moldova Prezidenti Mayya Sandu bilan uchrashib, unga o‘z qarori to‘g‘risida xabar bergan. Kiku bilan birgalikda yana uchta vazir, Sog‘liqni saqlash vaziri, Moliya vaziri va Iqtisodiyot vaziri Hukumatni tark etadi.

Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda Moldova Prezidenti Mayya Sandu mamlakatga vaqtinchalik Bosh vazir tayinlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Moldovaning saylangan Prezidenti Mayya Sandu kecha, 24 dekabr kuni qasamyod qildi va Respublika rahbari sifatida ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Ion Kiku

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing