Modrich afsonaviy turk futbolchisining rekordini tortib oldi
Sport
−
03 noyabr 2022 4350 1 daqiqa
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Yevropa Chempionlar ligasida yangi rekord o‘rnatdi.
Xorvatiyalik futbolchi 37 yoshu 54 kunligida Yevropa asosiy futbol turnirining guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan "Seltik"ga (5:1) qarshi o‘yinda 11 metrlik nuqtadan gol urdi. Shu tariqa, Luka YeCHLda penaltini golga aylantirgan eng keksa futbolchiga aylandi. Bu haqda "Opta" nashri xabar berdi.
Avvalgi rekord 36 yoshu 244 kunligida 2021/2022 yilgi YeCHL 1/8 finalida (1:2) "Chelsi" darvozasiga gol urgan "Lill" hujumchisi Burak Yilmazga tegishli edi.
"Qirollik klubi" "F" guruhida 1-o‘rinni egalladi. Karlo Anchelotti shogirdlari 6 o‘yinda 13 ochko to‘plashdi. Shotlandiya klubi esa 2 ochko jamg‘arib, yevrokuboklarni tark etdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28