Modi Ukrainaga boradi – TIV 

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukraina-Rossiya mojarosi boshlanganidan beri ilk bor Ukrainaga boradi. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirligi bugun, 19 avgust kuni “Bosh vazirning Polsha va Ukrainaga tashrifiga bag‘ishlangan” maxsus brifing o‘tkazadi. Bosh vazirning mamlakatlarga tashrifi sanalari e’lon qilinmagan.

Avvalroq Hindiston OAVlari Modi avgust oyi oxirida Kiyevga tashrif buyurishi mumkinligini qayd etgan. NDTV telekanali hukumat rahbarining tashrifi 23 avgustda bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Shuningdek, “Indian Express” gazetasiga ko‘ra, Bosh vazir 24 avgust kuni Ukrainaning Mustaqillik kunida mamlakatga tashrif buyurishi mumkin. Modi Kiyevga tashrifidan oldin 21 avgust kuni Polshaga ham borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Hindiston rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib Rossiya-Hindiston munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing