Modi Samarqanddagi sammitda Ukrainadagi urushning oqibatlarini aytdi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2022
13559Ukrainadagi inqiroz ta’minot zanjirida jiddiy buzilish va uzilishlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bugun, 16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisida aytib o‘tdi.
“Ukrainadagi inqiroz ta’minot zanjirlarida jiddiy uzilishlarga olib keldi va butun dunyoni misli ko‘rilmagan darajada energiya va oziq-ovqat inqiroziga duchor qildi”, deydi janob Modi.
U SHHT mintaqada ishonchli va xilma-xil ta’minot zanjirlarini rivojlantirishga harakat qilishi kerakligini, buning uchun mamlakatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash zarurligini qayd etdi.
“Fuqarolarimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jiddiy muammodir. Bu muammoning mumkin bo‘lgan yechimi SHHT mintaqasida oziq-ovqat ekinlarining yangi turlarini, xususan, tariqni yetishtirishga ko‘maklashishdir”, deydi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi oziq-ovqat muammosiga to‘xtalib.