Shavkat Mirziyoyev Modiga “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari nufuzli mukofotni topshirar ekan, bu qaror Hindiston Bosh vazirining ikki xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan beqiyos hissasi uchun O‘zbekiston xalqi va davlatining yuksak ehtiromi ifodasi ekanini aytib o‘tgan.

Ushbu tarixiy tashrif va o‘tkazilgan sermahsul muzokaralar natijasida do‘st mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga erishilgan.

Shuningdek, birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar yangi sifat bosqichiga olib chiqilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bildirilishicha, mazkur mukofot ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirilgan.

“Umumiy intilish va harakatlarimiz bilan ko‘p qirrali va uzoq muddatli aloqalarimiz kelgusida ham jadal rivojlanib borishiga aminman”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri bugun, 30 avgust kuni o‘tkazilgan tor va keng doiradagi muzokaralarda o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib olgandi. Kelishuv doirasida Hindiston bilan savdo aylanmasi 2030 yilgacha 5 mlrd dollarga yetkazilishi reja qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing