Narendra Modi Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun, 30 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etgan.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan, faxriy qorovul saf tortgan. O‘zbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangragan.

Shuningdek, yetakchilar  faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 avgust kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing