Shavkat Mirziyoyev va Modi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston – Hindiston oliy darajadagi muzokaralari yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekkan.

Marosim ikki mamlakatning ko‘p qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani hamda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qat’iy intilishning ramzi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirgandi. Unda kelgusida O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilish rejasi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing