Modi Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega dunyo yetakchisiga aylandi

Olam

image

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 100 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan birinchi dunyo yetakchisiga aylandi. Bu haqda “Times of India” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Modi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasini 2014 yilda ochgan. Hozirga kelib uning kuzatuvchilari soni 100 milliondan oshdi va bu ko‘rsatkich boshqa yirik siyosatchilarnikidan ancha yuqori.

Taqqoslash uchun, AQSH Prezidenti Donald Trampning 43,2 million, Indoneziya Prezidenti Prabovo Subiantoning 15 million, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning 14,4 million hamda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 11,6 million obunachisi bor.

Shuningdek, Hindistonda Uttar-Pradesh shtati bosh vaziri Yogi Adityanathning 16,1 million, muxolifat yetakchisi Rahul Gandining esa qariyb 12,6 million obunachisi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning eng boy ayollaridan biri Kayli Jenner Instagram’da 300 million obunachiga ega birinchi ayolga aylangandi. U mashhurlikda Ariana Grande, Selena Gomes va Duyeyn Jonsonni ortda qoldirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram Hindiston Narendra Modi obunachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing