Missisipi sohilida samolyot quladi. 6 nafar yölovçi bedarak yöqoldi
Olam
−
961 2 daqiqa
AQŞning Missisipi ştati sohillari yaqinida olti kişi, jumladan, ikki nafar bola bölgan Cessna 210 yengil samolyoti Meksika körfaziga qulab tuşdi. Hodisadan söng boşlangan qidiruv-qutqaruv işlari davomida samolyotning bir qismi, qutqaruv qayiği va uçta qutqaruv kamari topilgan, biroq bortidagi yölovçilar hozirça aniqlanmagan. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, samolyot 24 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida Missisipi ştatidagi Paskagula şahri bilan Xorn oroli örtasida halokatga uçragan. AQŞ Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) dastlabki ma’lumotlariga köra, samolyot bilan aloqa taxminan soat 15:45 da uzilgan. Şu paytda u daqiqasiga qariyb 10 ming fut (3 ming metrdan ortiq) tezlikda pastlayotgan bölgan.
AQŞ sohil qöriqlaş xizmati vakili Xuan Rosning ma’lum qilişiça, samolyot bortida tört nafar katta yoşli kişi va 8 hamda 10 yoşli ikki nafar öğil bola bölgan. Hozirça ularning şaxsi va taqdiri haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Qidiruv işlari davomida qutqaruv guruhlari Xorn orolidan taxminan ikki dengiz mili şimoli-şarqda samolyot kabinasini, uçta qutqaruv kamari va qutqaruv qayiğini aniqlagan. Sohil qöriqlaş xizmati vakilining sözlariga köra, samolyot kabinasi suv yuzasida suzib turgan. Biroq hozirgaça bortidagi olti kişidan birortasi topilmagan.
Hodisa joyiga AQŞ sohil qöriqlaş xizmatining Paskagula bölinmasiga qaraşli ikkita kiçik qayiq, şuningdek, Mobil şahridagi bölinmadan qutqaruv kemasi va aviatsiya texnikasi jalb qilingan. Missisipi dengiz resurslari departamenti ham ikkita qayiq bilan qidiruv işlarida iştirok etgan. Paskagula politsiyasi ham qutqaruv operatsiyasiga öz kuçlarini safarbar qilgan.
Samolyot Luiziana ştatidagi Nyu-Orlean şahrining Lakefront aeroportidan Florida ştatidagi Fort-Mayers şahriga qarab yöl olgan bölgan. Bu ma’lumot parvozlarni kuzatiş xizmatlari ma’lumotlari bilan ham tasdiqlangan.
Hozirça samolyotning nima sababdan halokatga uçragani ma’lum emas. AQŞ Federal aviatsiya ma’muriyati va Milliy transport xavfsizligi kengaşi (NTSB) hodisa haqida xabardor qilingan. Halokat sabablarini aniqlaş böyiça tekşiruvni NTSB olib borişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Kaliforniya ştatidagi Temekula şahri yaqinida vertolyotning halokatga uçraşi oqibatida ikki kişi hayotdan köz yumganligi haqida xabar berilgan edi. Hodisa yuzasidan Federal aviatsiya ma’muriyati va Riversayd okrugi şerif idorasi tekşiruv olib bormoqda.
Live
Barçasi