Bayrut qurbonlariga ehtirom: Misr ehromlari Livan bayrog‘iga burkandi

Olam

image

Misr va Birlashgan Arab Amirliklari dunyoga mashhur me’morchilik ob’ektlarini Livan bayrog‘i rangiga bo‘yyab, mamlakat xalqiga hamdardlik bildirdi.

BAAda dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa kecha, 4 avgustda Bayrutda yuz bergan vayronkor portlash sabab Livan xalqi bilan birdamlik ramzi sifatida mamlakat bayrog‘i tusiga kirdi. Bu haqda bino ma’muriyati Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Misr ham Gizadagi piramadalarni Livan bayrog‘iga bo‘yab, birdamligini bildirdi. Hukumat shuningdek, qardosh Livan xalqiga sabr tiladi.

Parij ma’muriyati ham Livanga hamdardlik sifatida kechasi Eyfel minorasining chiroqlarini o‘chirishini ma’lum qildi. Shuningdek, Bayrutga zudlik bilan 100 ming yevro jo‘natiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Bayrutda yuz bergan portlash oqibatdi shaharning yarmi talafot ko‘rdi. 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi va 4 mingdan ortig‘i jarohatlandi. Portlash keltirgan zarar 3 mlrd dollardan ko‘proqqa baholanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Bayrut fojiasi

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing